Yaqin orada dronlar Xitoyning eng diqqatga sazovor inshootini tekshiradi. Dronlar shikastlangan qismlarni suratga olib, ularni operatorlarga jo‘natadi. Bu maqsadda AQSh kompaniyasi 8 ta parrak  va yuqori sifatdagi suratga oluvchi kamerali zamonaviy oktokopterlar otryadini jo‘natgan.

Kompaniya vakilining aytishicha, dronlar devorning Pekindan shimolda 50 km uzoqlikda joylashgan avariyaviy qismini tekshiradi. Devorning bu qismini an'anaviy yo‘l bilan tadqiq qilish xavflidir, chunki u yerda chuqur dara joylashgan.