“Hukm 7 iyunda e'lon qilinadi. Ayblanuvchi Rahmat Oqilov hukm chiqarilgungacha turmada qoladi”, deb aytgan okrug sudyasi.

2017 yil 7 aprelda Rahmat Oqilov o‘g‘irlangan yuk mashinasida Drottninggatan ko‘chasida odamlarni bosib ketgan. Buning oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan, 10 kishi jarohat olgan. Oqilov jinoyatni sodir etganini tan olgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, prokuratura Oqilovga dekportatsiya qilinishi bilan umrbod qamoq jazosi va Shvetsiyaga umrbod kirishga taqiqlov tayinlanishini so‘ramoqda.  

Terakt bo‘yicha sud jarayoni 13 fevralda boshlangandi.