«Real» darvozaboni Keylor Navas va «Liverpul» hujumchisi Sadio Mane UYeFA talqini bo‘yicha chempionlar ligasining hafta o‘yinchisi nomiga davogarlik qilmoqda. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Foto: UYeFA 

«Real» posboni «Bavariya»ga qarshi javob uchrashuvida (2:2) jamoasini bir necha marta qutqardi va umumiy hisobda 8 ta seyvni amalga oshirdi.

Senegallik futbolchi esa «Roma»ga qarshi javob uchrashuvida hisobni ochuvchi golga  mualliflik qilgandi.

Ovoz berish jarayoni UYeFA rasmiy saytida davom etmoqda. Natijalar 4 may kuni e'lon qilinadi.