"Milliy yig‘ilish (parlament) reglamentiga ko‘ra, bosh vazirni saylash masalasi 8 may kuni soat 12:00 (Toshkent vaqti bilan 14:00)da MY maxsus majlisida ko‘rib chiqiladi", - deyiladi parlament saytida joylashtirilgan Babloyanning bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armaniston parlamenti mamlakat bosh vaziri lavozimiga yagona nomzod sifatida ko‘rsatilgan muxolifat yetakchisi Nikol Pashinyanni ushbu mansabga saylamagani xabar berilgandi. Pashinyan parlamentariylar qaroriga o‘z munosabatini bildirarkan, g‘alabaga qadar Yerevan shahrida miting bo‘lishini bildirdi.