2017 yil noyabrda Portugaliyada Koksa 24,38 metr balandlikdagi to‘lqin ustida syorf uchgan. 2018 yil aprel oxirida Jahon syorfing ligasi (WSL) hakami ushbu rekordni rasman qayd qildi. Braziliyalik “Eng katta to‘lqin” yo‘nalishida g‘olib bo‘lgan hamda jahon rekordchisiga aylangan.

“Orzu ro‘yobga chiqdi”, deb aytgan Koksaning o‘zi mukofotlanishi marosimida.

Bu boradagi avvalgi rekord 2011 yilda 23 metr balandlikdagi to‘lqinni zabt etgan amerikalik Garrett Maknamaraga tegishli bo‘lgan.