Ta'kidlanishicha, Koreyalararo sammit davomida Kim Chen In poligonning yopilishini kuzatish uchun xalqaro mutaxassislar taklif qilinishiga va'da bergan.

27 aprelda Kim Chen In Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bilan uchrashdi. Ikki davlat yetakchisi o‘zaro qarama-qarshilikni tugatish bo‘yicha deklaratsiyani imzolashgan.