Hozirda Shimoliy Koreyadagi vaqt Janubiy Koreyadagidan 30 daqiqa ortda qoladi.

“Men uchun Tinchlik uyi devorida biri Seul vaqti, ikkinchisi esa Pxenyan vaqti uchun osilib turgan ikkita soatni ko‘rish juda qayg‘ulidir. Biz vaqt standartlarini o‘zgartirganimiz uchun endi boshlang‘ich vaqtga qaytamiz. Bu haqda e'lon qilishingiz mumkin”, deb aytgan Kim Chen In. Uning so‘zlarini Yun Yon Chxan keltirib o‘tdi.