“Agar bizning AQSh bilan uchrashuvlar tez-tez bo‘lib tursa va kelgusida ishonch hosil bo‘lsa hamda daxlsizlik va urush yakunlangani haqidagi kelishuvga erishilsa, yadroviy qurolga ega bo‘lish va qiyin sharoitlarda yashashning nima keragi bor?”, deb aytgan Kim Chen In.

Janubiy Koreya prezidenti ma'muriyati vakili Yun Yon Chxanning aytishicha, Shimoliy Koreya yetakchisi “AQShga hamisha qarshi chiqqan bo‘lsa-da, odamlar u AQSh, Janubiy Koreya yoki Tinch okeani mintaqasidagi boshqa davlatlarga yadroviy bomba tashlaydigan odam emasligini bilishadi”.

Bundan tashqari, Kim Chen In kelajakda Koreya yarimorolida qon to‘kilishi takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirgan va kuch ishlatmaslikka va'da bergan.