«Bu ittifoqchilarimiz bilan muzokaralar davomida biz muhokama qiladigan masalalarning bir qismi bo‘ladi. Bu narsa, birinchi navbatda, Shimoliy Koreya bilan amalga oshiriladi», - deya aytib o‘tdi Mettis.

Uning shuningdek ta'kidlashicha, ayni damda «dastlabki shartlarni taklif qilish yoki bu qanday yuz berishi bo‘yicha turli taxminlar bildirish kerak emas».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR yetakchisi Janubiy Koreya rahbari bilan raketalar mavzusida hazillashgandi.