Qayd etilishicha, 16 aprel kuni soat 09.20larda, noma'lum shaxs “Ahillik” mahallasida joylashgan “Yangi” dehqon bozori hududidagi savdo do‘koni oldida xususiy tadbirkor, 1985 y.t. Ch.E. tomonidan qarovsiz qoldirilgan, umumiy qiymati 1 mln 900 ming so‘m bo‘lgan kiyim-kechaklarini o‘g‘irlab ketgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Guliston shahri 4-dahada yashovchi, muqaddam sudlangan, 1973 y.t. E.L. sodir etganligi aniqlanib ushlangan.











