Germaniya chempionatidan o‘rin olgan «Maynts» - «Frayburg» (2:0) o‘yini bosh hakami Gvido Vinkmann g‘alati penalti belgiladi.

U 1-bo‘lim tugaganini anglatuvchi hushtagini chaldi va jamoalar kiyinish xonasiga yo‘l olishdi. Ammo, hakamning video-yordamchisi «Frayburg» jarima maydonida qoida buzilganini va penalti belgilash lozimligini aytdi. Shundan so‘ng, hakam jamoalarni maydonga qaytardi va «Frayburg» darvozasiga penalti belgiladi.

«Maynts» yarimhimoyachisi Pablo De Blasis uni aniq amalga oshirdi.