Ikki nafar uchuvchi tomonidan boshqariluvchi VSS Unity koinot kemasi havoga VMS Eve samolyoti bortida olib chiqilgan.

Kema ajralgach, kompaniyaning Moxava cho‘lidagi poligoniga tushgan.

Virgin Galactic’ning oxirgi boshqariluvchi parvozi 2014 yilda bo‘lib o‘tgan. O‘shanda sinov parvozi uchuvchilardan birining o‘limi bilan yakunlangan. Kompaniya versiyasiga ko‘ra, fojiaga kema uchuvchisining xatosi sabab bo‘lgan.