«Sizdan opam Nadejda Savchenkoning ta'qib etilishi bo‘yicha vaziyat ustidan jiddiy xalqaro nazoratni ta'minlashni so‘rayman, bu inson huquqlari buzilishi va siyosatchiga qonuniy pozitsiyasi tufayli zulm o‘tkazishlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun kerak», - deya ma'lum qilgan Savchenko.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukraina Oliy radasi deputati Nadejda Savchenko Rossiya qamoqxonasida jazoni o‘tayotganida yollangani haqidagi ma'lumotni rad etib chiqqandi.