«Toni, tezroq sog‘ayib ket. Senga maslahat bermoqchiman: ko‘p vaysama. Odamni boshida, albatta, ko‘p fikrlar bor, men senga o‘xshamayman, umid qilamanki, bu holat senga tilingni nazorat qilishga o‘rgatadi», - deya yozgan Nurmagomedov instagramdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toni Fergyuson Habib Nurmagomedovga qarshi 7 aprel kuni UFC 223 musobaqasi doirasida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan jang bekor qilingani uchun uzr so‘ragandi.











