Qirg‘izistonning yangi prezidenti futbolchilarni o‘z tarixida ilk marta Osiyo kubogi final bosqichiga chiqqani va hozirda Osiyoning 12-jamoasi (O‘zbekiston bo‘lajak qur'a oldidan Osiyoda 13-o‘ringa tushib ketishi kutilmoqda) bo‘lib turgani bilan tabrikladi va jamoaga 1 mln qirg‘iz somi miqdorida (118 mln 700 ming o‘zbek so‘miga teng) mukofot puli topshirdi.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston terma jamoasi ilk marta 24ta terma jamoa ishtirok etadigan Osiyo chempionati saralash bosqichida Hindiston bilan birga o‘z guruhida 1-2 o‘rinlarni egallagan va mamlakat tarixida ilk marta final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritggandi.











