«Qirg‘iziston Respublikasi Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi Omurbek Babanov bilan bog‘liq jinoiy ish bo‘yicha tergov olib bormoqda», deyilgan RIA Novosti manbasi xabarida.

«Respublika — Ata Jurt» partiyasi yetakchisi o‘tgan yilning 15 oktabrida o‘tkazilgan saylovda saylovchilarning 34 foiz ovozini olib, amaldagi prezident Sooronbay Jeenbekovdan keyingi ikkinchi o‘rinni egallagandi. Saylovda 11 nomzod ishtirok etgandi.