«Men unga nisbatan impichment bo‘lmasligi hamda u o‘z muddatini oxirigacha ishlashini xohlardim, sababi u yaxshi ishlarni amalga oshirmoqchi. Hamda men, agarda bunga qodir bo‘lsam, unga yordam berishni juda istayman», - deya ma'lum qildi Karter.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Tramp «o‘z muddatini oxirigacha ishlaydi, surishtiruv bo‘yicha maxsus prokuror Robert Myuller unga qarshi jinoiy ayblovlar qo‘ymaydi».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh sobiq prezidenti Jyeyms Erl (Jimmi) Karter Qo‘shma Shtatlar amaldagi yetakchisi Donald Trampga Shimoliy Koreya bilan muzokaralarda yordam berishni xohlashi haqida ma'lum qilgandi.