«Albatta, bu yolg‘on ma'lumot. Savchenko – Ukrainaning ichki ishidir. Kuzatish juda qiziq bo‘lib turibdi. Bugun Yevropa yetakchilari muloqotni davom ettirmoqda, kun oxirigacha Kiyevdagi hukumatga Savchenkoni ozod etish bo‘yicha talab qo‘yilgan qandaydir bayonot qabul qilinishi yoki qilinmasligi ham qiziq. Kuzatamiz», - deya aytib o‘tdi Peskov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Oliy radasi deputati Nadejda Savchenko qo‘lga olinganidan so‘ng bayonot bergandi. «Hukumat o‘z tanlovini amalga oshirdi, endi sizlar tanlashingiz kerak», - deya aytib o‘tgan Savchenko.