Qayd etilishicha, 10 mart kuni 1982 yilda tug‘ilgan F.G‘. IIBga murojaat qilib, 2017 yil 26 fevral kuni Toshkent shahar Uchtepa tumani 23-dahada yashovchi, “Way Up International Trading” MChJ rahbari, 1986 yilda tug‘ilgan Sh.B. 1 oy ichida 2 ta “Neksiya” avtomashinasini olib berishini aytib, 53 million 630 ming so‘m pulini olib, shu kungacha bergan va'dasini bajarmay aldab kelayotganligini ma'lum qilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida Sh.B. qo‘lga olingan.