Madridliklar safida Ronaldu poker qayd etgan bo‘lsa, Vaskes hamda Beyl o‘z hisobiga 1tadan gol yozdirib qo‘ydi. Mehmonlar tarkibida Stuani dublga erishidi, yana bir gol esa, Xuanpe tomonidan kiritildi. 

29-turdan so‘ng "Real" 60 ochko bilan 3-o‘rinni band qilgan, "Jirona" 43 ochko bilan 7-pog‘onani egallab turibdi. 

Real Madrid – Jirona 6:3

Gollar: 1:0 – 11 Ronaldu, 1:1 – 29 Stuani, 2:1 – 47 Ronaldu, 3:1 – 59 Vaskes, 4:1 – 64 Ronaldu, 4:2 – 67 Stuani, 5:2 – 86 Beyl, 5:3 – 88 Xuanpe, 6:3 – 90 Ronaldu.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Nacho, Vaskes, Kovachich (Modrich, 71), Kroos, Asensio (Beyl, 70), Benzema (Isko, 83), Ronaldu.
Jirona – Bunu, Espinosa, Xuanpe, Moxika, Ramalo, Portu, Pons, Garsiya (Losano, 69), Granel, Maffeo (Aday, 83), Stuani (Olunga, 87).
Ogohlantirishlar: Moxika (30), Karvaxal (52), Granel (90).