Qo‘shma SSP raisligiga polshalik taniqli tadbirkor, KOPAX P.K. kompaniyasi rahbari Pyotr Kozlovskiy saylandi, u to‘qimachilik sanoati sohasida o‘zbekistonlik sheriklar bilan 10 yildan ortiq vaqt davomida hamkorlik qilib kelmoqda.
 
Palatani tashkil etishga dastlabki sabablar haqida gapirar ekan, tadbirkor O‘zbekistonning yangi iqtisodiy kursi, barcha to‘siqlarning bartaraf etilishi va tashqi savdo uchun to‘liq imkoniyatlar yaratilishi, shuningdek, Polshaga o‘zbek eksporti hajmi keskin o‘sayotgani va qo‘shma korxonalar sonining ko‘payganini ta'kidlab o‘tdi.

Palata Polsha-O‘zbekiston qo‘shma biznesini ochiq, ijtimoiy jihatdan mas'ul qilishga intiladi. U yirik iqtisodiy va sarmoyaviy forumlarning tashkilotchisi hamda faol ishtirokchisiga aylanadi, dedi P.Kozlovskiy.