Papua-Yangi Gvineyada qayd etilgan zilzila markazi Porger shahrining janubi-g‘arbidan 89 kilometr narida bo‘lgan. Bundan avval 30 kishining o‘limi  haqida xabar berilgan edi. 

Yer silkinishidan jabr ko‘rgan provinsiya gubernatori Xela Filip Undialuning ma'lum qilishicha, mahalliy hukumatlar chekka tumanlargacha yetib borishga muvaffaq bo‘lishgan.

Kuni kecha Papua-Yangi Gvineya hududida 6,0 magnitudali yangi yer osti silkinishlari qayd etilgan.

Undialuning so‘zlariga ko‘ra, kuchli aftershoklar tabiiy ofatdan jabrlangan hududlardagi vaziyatni yanada yomonlashtirgan va yangi qurbonlarni keltirib chiqargan bo‘lishi mumkin.