Taxmin qilinishicha, yong‘in uchuvchi kabinasida kabel yongani sababli chiqqan. Shu sababli samolyot kichik o‘lchamdagi Gamburg-Finkenverder aeroportida qo‘nishga majbur bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, samolyotning uch kishidan iborat ekipajiga hech narsa qilmagan.
Airbus Beluga 56 metr uzunlikka, 17,24 metr balandlikka ega. Qanotlari qulochi 44,84 metrni tashkil qiladi. Bortiga 47 tonnagacha yuk oladi.











