Ammo shunga qaramay, bu futbolchilar o‘z klublari tarkibida o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushib yurgani ma'lum bo‘ldi.
O‘zbekiston futbol federatsiyasi Ijro qo‘mitasi Byurosi qarorlarini buzganligi uchun, Ijroqo‘m Byurosining 2018 yil 21 fevraldagi 6-sonli Qaroriga ko‘ra, «Navbahor-Lochinlari» hamda «Bunyodkor» futbol klublarining har biriga 500 million so‘m miqdorida jarima solindi.
Agar bunday holat yana takrorlanadigan bo‘lsa, bundan ham qattiq jazo qo‘llanishi qarorda belgilab qo‘yildi.












