Kompaniya Jyenevada taqdim qiladigan yangi kontseptning nomi oshkor qilinmagan, uning ko‘rsatkichlari ham sir saqlanmoqda. Hind jurnalistlari Tata Jyenevada o‘zi yaratgan AMP (Advanced Modular Platform) platformasida qurilgan sedanni namoyish qiladi, deb hisoblashmoqda.
Kontseptning suratlariga ko‘ra, ushbu 4 eshikli mashinaning tashqi ko‘rinishi Tata’ning yangi uslubi Impact Design 2.0 uslubida bajarilgan. Kontsept 2 yildan keyin seriyali ishlab chiqariluvchi sedanga aylanishi kutilmoqda. U Hindistonda Maruti Suzuki Ciaz va Honda City’ga raqobat tashkil qiladi.
Kontseptning sotuvga chiqariladigan versiyasi motorlari orasiga 1,2 litrli benzin dvigatel va 1,5 litrli turbodizel kirishi mumkin. Bundan tashqari, xaridorlarga mashinaning gibrid yoki to‘liq elektr variantlari taklif qilinadi.











