«Torino» mezbonlik qilgan uchrashuv taqdirini Aleks Sandro tomonidan kiritilgan yagona gol hal qildi. Braziliyalik futbolchi bu goli bilan «Yuventus»ga A seriyadagi ketma-ket 9-g‘alabani taqdim etdi.
Ushbu g‘alabadan keyin «Yuventus» ochkolari sonini 65taga yetkazib oldi va turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Hozirgacha peshqadamlik qilayotgan «Napoli» esa o‘z o‘yinini endi o‘tkazadi.
Italiya A seriyasi
25-tur
Torino – Yuventus 0:1 (0:1)
Gol: Aleks Sandro (33).
Torino: Sirigu, Burdisso, Nkulu, Molinaro, Ansaldi, Obi (Akkua, 72), Rinkon, Yago Falke, Bazelli (Nyang, 55), de Silvestri (Edera, 80), Belotti.
Yuventus: Shchensni, Kellini, Rugani, De Shilo, Aleks Sandro, Xedira, Asamoa, Sturaro, Pyanich, Duglas Kosta (Dibala, 66), Iguain (Bernardeski, 15; Lixtshtayner, 90).
Ogohlantirishlar: De Shilo (65), Molinaro (90).











