Parlamentda o‘tkazilgan ovoz berish natijalari e'lon qilingandan keyin parlamentning ba'zi a'zolari qarsak chalib, raqsga tushib ketganlar.      

65 yoshli Ramafosa Limpopo universitetining huquqshunoslik fakultetini tamomlagan. Uning siyosiy faoliyati 1970-yillar oxirida, talabalar qo‘zg‘olonlari vaqtida boshlangan. U 1980-yillar boshida konchilar milliy ittifoqi kasaba uyushmasiga asos solib, unga boshchilik qilgan.

1991 yilda “Afrika milliy kongressi” partiyasi bosh kotibi lavozimiga saylangan. O‘shanda partiyaga Nelson Mandela raislik qilgan. Ramafosa 1990-yillar boshida aparteid tuzumining bekor qilinishi bo‘yicha muzokaralar jarayonida ishtirok etgan.

2014 yildan JAR prezidenti o‘rinbosari, 2017 yil dekabrdan yetakchi “Afrika milliy kongressi” partiyasi raisi sifatida faoliyat yuritib keladi.