Oliy ta'lim muassasasi rektori S.Babaxo‘jayev mehmonni universitet faoliyati bilan tanishtirdi, hudud bo‘ylab ekskursiya uyushtirdi. Shundan so‘ng Kim Dong Yon OTM talabalariga ma'ruza o‘qidi. U o‘z hayoti, Jahon bankida ishlagan davri, prezidentning iqtisodiy masalalar bo‘yicha kotibi, shuningdek, Adju Universiteti rektori sifatidagi faoliyati haqida ma'lumot berdi.
Bosh vazir o‘rinbosari ma'ruza chog‘ida Koreyadagi iqtisodiy vaziyatga ham alohida e'tibor qaratdi, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini tilga olib o‘tdi.











