Unga ko‘ra, quyidagi xizmatlar ko‘rsatilishi vaqtincha to‘xtaydi:
1. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning xorijga chiqish hujjatini rasmiylashtirish yuzasidan hujjatlarni qabul qilish va elektron talabnoma shakllantirish;
2. Jismoniy shaxslarga shaxsiy identifikatsiya raqamini biriktirish yuzasidan hujjatlarni qabul qilish va elektron talabnoma shakllantirish;
3. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga chet elga chiqish ruxsat yozuvi stikerini rasmiylashtirish;
4. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini rasmiylashtirish;
5. Chet el fuqarolarini O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilish yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtirish;
6. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi bo‘yicha hisobga olish to‘g‘risida qayd varag‘ini rasmiylashtirish.











