Videoda Istanbuldagi aeroport nazorat punktidan o‘tayotgan o‘zbekistonliklarning yuklari orasidan yuzlab pachka sigaretlar topilganiga guvoh bo‘lish mumkin.
Eng ayanchlisi, kalishda ham sigaret, shirinliklar ichida ham sigaret, nonda ham... Ha, ha, o‘zbek xalqi aziz deb qadrlaydigan nonda! Pul ketidan quvib, nonni ham ko‘rmaydigan, uni shu darajada xor qiladigan bo‘ldikmi?
Videoni tomosha qiling, uning chetdan naqadar ayanchli ko‘rinishiga guvoh bo‘ling, xulosa chiqarish esa o‘zingizdan...










