“Xalq so‘zi” nashrining Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga asosan xabar berishicha, joriy yil hosili uchun 2017 yil kuz oylarida “to‘qsonbosti” usulida piyoz, sarimsoqpiyoz, karam, oshlavlagi, sabzi, ko‘katlar, shuningdek, brokkoli, rukkoli, pare piyozi ekinlari ekildi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu ekinlardan 1,6 million tonna piyoz, 283 ming tonna sarimsoqpiyoz, 184 ming tonna ko‘kpiyoz, 400 ming tonna ko‘katlar, 592 ming tonna sabzi, 263 ming tonna oshlavlagi hosili olinishi kutilmoqda.











