Qiziqarli kechgan bahs mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

O‘yinning 23-daqiqasida Gvidetti mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 72-daqiqada Luis Suares oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. Mezbonlarga g‘alaba keltirgan gol o‘yinning asosiy vaqti tugashiga 6 daqiqa qolganida Messi tomonidan kiritildi. 

Barselona – Alaves 2:1 (0:1)

Gollar: 0:1 – 23 Gvidetti, 1:1 – 72 Suares, 2:1 – 84 Messi.
Barselona: ter Stegen, Pike, Din (Alba, 52), Nelson Semedu (Serdji Roberto, 52), Umtiti, Koutino (Pako Alkaser, 66), Rakitich, Paulino, Inesta, Suares, Messi.
Alaves: Pacheko, Laguardia, Duarte (Demirovich, 89), Ruano, Maripan, Ibai Gomes, Medran, Mubarak, Peres (Pedrasa, 63), Gvidetti (Munir, 75), Sobrino.
Ogohlantirishlar: Mubarak (22), Duarte (27).