28 yanvar kuni terma jamoa a'zolari yurtimizga qaytib keldilar. Shundan so‘ng, poytaxtimizdagi «O‘zbekiston» mehmonxonasida chempionlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Yoshlar terma jamoasi a'zolari va murabbiylariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning sovg‘alari - Chevrolet Malibu rusumidagi avtomobillar topshirildi.
Sports.uz xabariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati hokimiyati ham Osiyo chempioni bo‘lgan «Nasaf»ning 4 futbolchisiga Nexia rusumidagi avtomobillarni topshirish haqida qaror chiqargan. Ular - yarimhimoyachilar Odil Hamrobekov, Azizjon G‘aniyev, Doniyor Narzullayev va hujumchi Bobir Abdixoliqov.











