“Bizda tergovni ikki kishining o‘ldirilgani sifatida tasniflash uchun yetarlicha isbotlar mavjud”, deb aytgan Gomes.

Milliarder va uning rafiqasi Torontodagi uylarida o‘lik holda topilganlar. Keyinroq ularning ikkalovida ham bo‘g‘ish alomatlari aniqlangan.

Sherman Apotex’ga 1974 yil asos solgan. Kompaniya dori vositalari ishlab chiqaradi va ularni 115 dan ko‘proq davlatga eksport qiladi. Noyabrda Canadian Business Shermanni Kanadaning eng badavlat odamlari ro‘yxatiga kiritgandi. SVS telekanalining ta'kidlashicha, er-xotin faol tarzda xayriya faoliyati olib borgan.