«Benfika» yoshlar jamoasining hujumchisi Ugu Nunesh xalqaro turnirda «Guanchjou Evergrand» klubiga chiroyli gol urdi.
16 yoshli futbolchi dastlab, ajoyib fint ishlatib, uch nafar himoyachidan o‘zib ketdi. So‘ngra yana bir futbolchini aldab o‘tib, xitoyliklar darvozasini ishg‘ol qildi.
O‘yin portugaliyaliklarning 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Nunesh bahsda dubl sohibi bo‘ldi.










