Hukumat yig‘ilishi davomida bosh vazir Sagintayev tegishli idoralarga avariya-qutqaruv brigadalari navbatchiligini tashkil etish, kuchli sovuq haroratda tezkor tibbiy xizmatlarga hamrohlik qilishni ta'minlash vazifasini yukladi. «Barcha xizmatlar uchun eng sovuq davr aniq va bexato o‘tishi kerak», - deya ma'lum qildi Sagintayev.

Respublika shimoliy va sharqiy viloyatlarida kuchli sovuq harorat o‘tgan haftadan beri kuzatilmoqda. Mutaxassislar taxminiga ko‘ra, bunday ob-havo yana bir necha kun davom etadi. Qator mintaqalarda hafta boshidan beri maktablardagi mashg‘ulotlar bekor qilindi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda ikki avtobusda bo‘lgan O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari qutqarib qolingani xabar berilgandi.