Ta'kidlanishicha, irlandiyalik jangchi unvonini uzoq vaqtdan beri himoya qilmagani sabab undan mahrum bo‘lgan. Makgregor oxirgi jangini 2016 yil noyabrda UFC 205 musobaqasida o‘tkazgan. U o‘shanda amerikalik Eddi Alvaresni texnik nokaut bilan mag‘lub etgandi.

UFC prezidenti Dana Uaytning aytishicha, Makgregor janglarga qaytishi bilan unvon uchun jang qilish imkoniyatini oladi.