Jahon banki prognoziga ko‘ra, 2018 yilda dunyo yalpi ichki mahsuloti kutilayotgan 2,9 foiz o‘rniga 3,1 foizga o‘sadi, 2019 yilda esa o‘sish 3 foizni tashkil qiladi. Jahon YaIM o‘sishiga investitsiyalar, ishlab chiqarish sanoati hamda savdo hajmi o‘sishi turtki beradi. Bundan tashqari, jahon ishlab chiqarishidagi salbiy tavofut barham topadi.     

Biroq Onsorgning aytishicha, Jahon bankining keyingi 10 yil uchun prognozlari uncha ham quvonarli emas. Mutaxassisning aytishicha, iqtisodiyotning davriy tabiatiga mos ravishda hamda bankning bir qator taxminlariga ko‘ra, keyigi o‘n yillikda jahon iqtisodiyoti o‘sishi sekinlashadi.   

“Keyingi o‘n yillikda jahon iqtisodiyoti o‘sishi potensiali 2,3 foizga yaqinni tashkil qilishi mumkin. Bunda o‘sish jahon moliyaviy inqirozigacha bo‘lgan o‘n yillikdagidan 1,5 foizga pastroq bo‘lishi mumkin”, deb aytmoqda iqtisodchi.  

Jahon banki asosiy xatarlarni “ayni vaqtda juda zaif” va retsessiya alomatlarini ko‘rish mumkin bo‘lgan moliyaviy bozorlarda ko‘rmoqda.