Voqea Tinch okeanining janubiy qismida, Kuk oroli yaqinida yuz bergan. Ayol biolog Nen Xauzer kit oldida suzib yurganda, yoniga 3 metrlik yo‘lbars akula suzib kelganini payqamay qolgan. Kit akulani payqab, ayolni suzgichlari bilan panalab, himoyalay boshlagan. Kit hattoki belida 63 yoshli ayolni suv sirtiga olib chiqib qo‘ygan. Ayolning aytishicha, nariroqda suzib yurgan boshqa kit ham yirtqich akulani haydashga harakat qilgan.
Biologning fikricha, ushbu holat kitlarda boshqa jonzotlarni himoya qilish instinkti mavjudligini isbotlaydi.











