Ta'kidlanishicha, Pens 20 yanvarda Misrda prezident Abdul Fattoh as-Sisiy bilan uchrashadi, 21 yanvarda Iordaniyaga jo‘naydi va u yerda qirol Abdulloh II bilan muzokaralar o‘tkazadi. So‘ngra Pens 22-23 yanvar kunlari Isroilda bo‘ladi. U bu yerda mamlakat prezidenti Reuven Rivlin va bosh vazir Binyamin Netanyaxu bilan uchrashadi. Pens, shuningdek, Knessetda nutq so‘zlashi va Al-Qudsdagi Yig‘i devoriga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.
Pens tashrif buyuradigan davlatlar rahbarlari bilan “terrorchilikka qarshi kurash va tahqirlashga uchrovchi diniy kamchiliklarni qo‘llab-quvvatlash masalalarini” muhokama qiladi. Boshqa tafsilotlar keltirilmagan.











