Avvalroq Intel mikroprotsessorlarida jiddiy kamchiliklar topilgani, bu kamchiliklar xakerlarga ma'lumotlarni qo‘lga kiritishga imkon berishi ma'lum qilingandi. Bu kamchilikni operatsion tizimlarga o‘zgartirishlar kiritib to‘g‘rilash mumkinligi, biroq bu ularning ishlashini sekinlashtirishi mumkinligi aytilgan.

Shikoyatchilarning fikricha, operatsion tizimlarning yangilanishi kopmyuterlar unumdorligini pasaytirishi mumkin. Shikoyatlar 11 daqiqa farq bilan yo‘llangan.

Tadqiqotchilar mikroprotsessorlarda oxirgi 20 yil ichida chiqqan barcha kompyuterlarni qamrab oluvchi va chip yadrosining himoyalangan xotirasiga kirishga imkon beruvchi ikki turdagi kamchilikni aniqlashgan. Shundan keyin Intel kamchiliklar nafaqat uning chiplarida mavjudligini ma'lum qilgan. Google’da AMD va ARM protsessorlarida ham muammolar borligi aytilgan.

Yirik operatsion tiizimlar ishlab chiquvchilari o‘z dasturlarida ushbu kamchiliklar to‘g‘rilangan yangilanmalar chiqarishganini ma'lum qilishgan. Jumladan, Microsoft kompaniyasi 4 yanvarda Windows operatsion tizimi uchun yangilanma chiqargan. 5 yanvarda esa Apple macOS va iOS operatsion tizimlarida ishlovchi barcha qurilmalari protsessorlarning kamchiliklari sababli muammoga uchrashi mumkinligini ma'lum qilgan.