Erkakning taxminicha, kengurular urg‘ochi kenguruni “bo‘lisha olishmagan”.

“Yetar, bas! Axir, siz do‘stsiz-ku. Ota-onangiz bu qilmishingizni ko‘rsalar nima deydilar? Men ularni qayerdan topishni bilaman”, deb baland ovozda “murojaat qilgan” erkak. 

Kengurular shu ondayoq urishishdan to‘xtab, quloqlarini ding qilib olganlar. “Ota-onalari” haqidagi so‘zlarni eshitishgach esa voqea joyidan “juftakni rostlashgan”.