«Arsenal» o‘z maydonida «Nyukasl»ni qabul qildi va O‘zilning yagona goli evaziga uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

«Chelsi» «Sauthempton»ga qarshi o‘yinda Markos Alonsoning jarima zarbasidan urgan goli tufayli g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi.

APL, 18-tur
16 dekabr 

Arsenal – Nyukasl - 1:0 
Gol: 1:0 – 23 O‘zil. 
Arsenal – Chex, Monreal, Koselni, Belerin, Meytlend-Naylz, Djaka, Uilsher, O‘zil, Ivobi (Uelbek, 72), Sanches (Koklen, 89), Lyakazett (Jiru, 73).
Nyukasl – Elliot, Lassels, Mankilo, Yyedlin, Lejyen, Atsu (Ritchi, 54), Merino (Diame, 82), Xeyden, Merfi (Geyl, 67), Peres, Xoselu.
Ogohlantirishlar: Xeyden (40), Monreal (86), Djaka (90).

Chelsi – Sauthempton - 1:0
Gol: 1:0 – 45 Alonso. 
Chelsi – Kurtua, Aspilikueta, Kristensen, Keyxill, Mozes (Dzappakosta, 82), Azar (Morata, 73), Bakayoko, Pedro (Fabregas, 68), Kante, Villian, Alonso.
Sauthempton – Forster, Yosida, Xudt, Bertran, Stivens, Xeyberg (Bufal, 72), Uord-Prouz, Redmond, Romeu, Soaresh (Lemina, 17), Gabbyadini (Ostin, 61).
Ogohlantirishlar: Yosida (45), Stivens (87), Redmond (87), Alonso (90).

Brayton – Byornli - 0:0 

Uotford – Haddersfild - 1:4 
Gollar: 0:1 – 6 Kachunga, 0:2 – 23 Muy, 0:3 – 50 Depuatr, 1:3 – 68 Dukure, 1:4 – 89, penalti Muy.