E'tiborli jihati, janjal ikki raqib jamoa muxlislari o‘rtasida emas, «Partizan» fanatlarining («grobareylar») ikki guruhi o‘rtasida ro‘y bergan. Vaziyatga politsiya aralashgan, bezorilar hibsga olingan.

Muxlislardan birining bel qismiga pichoq bilan jarohat yetkazilgan, ayni vaqtda u shifoxonada qolmoqda.

Ma'lum qilinishicha, «Marakana» stadionining «Partizan» fan klubi joylashgan janubiy tribunasi «Alkatras» guruhiga tegishli bo‘lib, shu kuni «Yang boyz» bandasi bu joyni ulardan tortib olishga harakat qilgan. Yakunda mojaro qonli tus olgan. To‘qnashuv vaqtida pirotexnika vositalari qo‘llangan. Ba'zi bezorilarni tribunadan yalang‘och holda chiqarib yuborishgan. Politsiya vaziyatga aralashib, isyonchi fanatlarni olib ketgan.