Keyinroq ushbu berahm otaning shaxsi aniqlandi. Ma'lum bo‘lishicha, u 50 yoshli Bariyor Adiyev ismli shaxs bo‘lib, Sokuluk tumanining yerdan foydalanish va ko‘chmas mulkka huquqlarni qayd qilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.  

Ta'kidlanishicha, Adiyev bu axloqsiz xatti-harakati uchun Davlat ro‘yxatdan o‘tkazish xizmati raisi Doston Dogoyev tomondan o‘z lavozimidan bo‘shatildi. U Qirg‘iziston mehnat kodeksining 83-moddasiga ko‘ra (ishchining axloqsizligi uchun u bilan mehnat shartnomasini bekor qilish) ishdan olingan. 

Shuningdek, berahm otaga nisbatan jinoyat kodeksining “Bezorilik” moddasi bo‘yicha ham jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.