Stadionni buzish bilan shug‘ullangan Adamo Group kompaniyasida ta'kidlanishicha, portlashlar stadionning asosiy ustunlarini buza olmagan. Bunga esa ba'zi zaryadlarning elektr simlaridagi muammo tufayli portlamay qolgani sabab bo‘lgan. Endi stadion boshqatdan yana portlatib ko‘riladi yoki ustunlari ekskavatorlarda buziladi.

Detroit Free Press nashrining yozishicha, 1975 yilda barpo etilgan stadionning buzilishi munosabati bilan bu hodisani o‘z ko‘zlari bilan ko‘rgani yuzlab odamlar ertalabdan voqea joyiga kelishgan. Shuningdek, stadionning buzilishi internet orqali ham namoyish qilingan. 

Stadion Pontiak shahrida joylashgan bo‘lib, “Detroyt Layons” futbol jamoasining uy maydoni bo‘lgan. Stadionda AQShda o‘tgan 1994 yilgi jahon chempionatining 4 o‘yini o‘tkazilgan.