Ma'lum qilinishicha, Temer San-Pauludan qarorgohi joylashgan Braziliyaga yo‘l olgan.

“U chiqarilib yuborildi va bugun kechasi o‘zining odatdagi kun tartibiga qaytadi. Biz unga bu hafta o‘zini ehtiyot qilishni – dam olishni, ishchi jadvalini yengilroq tuzishni  tavsiya qildik”, deb aytgan Temerni davolagan kardiolog Robertu Kalil Filyu.

25 noyabrga o‘tar kechasi Temerga yurak qon tomirining toraygan joyini kengaytirishga mo‘ljallangan stent o‘rnatilgan. Temer San-Pauludagi xususiy klinikalardan birining kardiologik bo‘limida davolangan.