«Eron diniy rahnamosi — bu Yaqin Sharqning Gitleri», — degan u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, dunyo Yevropa misolida tajovvuzkorona siyosat hech narsaga erishmasligiga guvoh bo‘lgan.
«Biz Erondagi yangi Gitler Yaqin Sharqda ham Yevropada o‘tmishda sodir bo‘lgan voqealarni takrorlashini istamaymiz», — deya qo‘shimcha qilgan shahzoda.
Bundan avvalroq Saudiya Arabistoni TIV rahbari Odil al-Jubayr ma'lum qilgandiki, qirollik «Eronning dushmanona harakatlari»ga jim qarab turmaydi.











