Shuningdek, ta'kidlanishicha, sobiq bosh vazir seshanba kuni Misr va Kiprda ham bo‘lib, bu davlatlar rahbarlari bilan mintaqadagi vaziyatni muhokama qilgan.

Saad Haririy o‘z iste'fosi haqida 4 noyabr kuni Saudiya Arabistoniga tashrifi davomida ma'lum qildi. Keyinchalik Ar-Riyod uni mamlakatda majburan ushlab turgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi, biroq sobiq bosh vazir bu ma'lumotni rad etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saad Haririy bayonot bergani xabar qilingandi.