Birinchi bo‘limda Marat Bikmayevning dubli, ikkinchi bo‘limda uning bir goli, shuningdek Sanjar Shoahmedov va Jaloliddin Masharipov tomonidan kiritilgan gollarga Adnan Oraxovats birgina gol bilan javob qaytardi.
Natijada 5:1 hisobida g‘alaba qozongan «Lokomotiv» ochkolari sonini 67taga yetkazib oldi va yaqin ta'qibchisi «Nasaf»ni besh ochkoga ortda qoldirib, mamlakat chempioni degan nomni ketma-ket ikkinchi marta qo‘lga kiritdi.
Oliy liga, 29-tur
«Dinamo» – «Lokomotiv» 1:5 (1:2)
Gollar: Adnan Oraxovats (32) — Marat Bikmayev (9, 19, 86), Sanjar Shoahmedov (58), Jaloliddin Masharipov (77).
«Dinamo»: Mixail Naumov, Mirkomil Lokayev, Akmal Bozorov, Jasur Azimov, Abdumalik Abdullaye, Shoxrux Xolmatov, Aleksey Nikolayev, Iskandar Xolmirzayev, Adnan Oraxovats, Farhod Tojiyev, Doniyor Ismoilov
«Lokomotiv»: Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Marat Bikmayev, Sadriddin Abdullayev, Sardor Mirzayev, Timur Kapadze (Azizbek Omonov, 70), Islom To‘xtaxo‘jayev, Shuhrat Muhammadiyev, Oleg Zoteyev, Sanjar Shoahmedov, Jaloliddin Masharipov.











